» » Bog’chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi

Bog’chaga qabul qilish tartibi o‘zgardi


Vazirlar Mahkamasining 28-martdagi qaroriga asosan maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish tartibi o‘zgardi. Bu haqda Adliya vazirligi o‘zining Telegram sahifasida xabar berdi.

МТМга ?абул тартиби ўзгарди

Ilgari bolani bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha arizalar haftaning faqat seshanba va juma kunlari qabul qilingan. Yangi tartibga asosan, davlat xizmatlari markaziga haftaning istalgan ish kuni borib yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali har kuni onlayn rejimda ariza to‘ldirish mumkin.

Endi MTMlar rasmiy veb-saytlari orqali bog‘chalarning sig‘imi, bo‘sh ish o‘rinlari, anketa hamda navbatga kiritilganlar ro‘yxati bilan doimiy tanishib borish mumkin.

Shu kungacha bolani bog‘chaga joylashtirish uchun 5 turdagi hujjat taqdim qilinishi talab qilingan. Yangi tartibga asosan, anketa to‘ldirishning o‘zi yetarli. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati 10 kundan 1 kunga qisqartirildi.

MTM qabul komissiyasi tomonidan arizachiga bo‘sh joyi bor boshqa muassasani taklif qilish tartibi bekor qilindi. Endilikda MTM anketaga asosan yo‘llanma rasmiylashtiradi yoki uni navbatga qo‘yadi.

Uch yoki undan ko‘p bolali oilalar, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, talabalar, pedagoglar, nogironligi bor shaxslarning farzandlari bog‘chalarga imtiyozli qabul qilinadi. Yetim, qarovsiz qolgan bolalar, shuningdek, aka-opalari shu muassasa tarbiyalanuvchisi bo‘lganlarga ham imtiyoz taqdim qilinadi.

Bog‘chaga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 18:43)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют