» » Namangan viloyatida bir yo‘la uchta bog‘cha foydalanishga topshirildi

Namangan viloyatida bir yo‘la uchta bog‘cha foydalanishga topshirildi


Namangan shahri hamda To‘raqo‘rg‘on va Chust tumanlarida uchta bog‘cha foydalanishga topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 10-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi 120 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, ota-onalar talab va istaklariga ko‘ra bu yerda 6 kunlik ish kuni joriy etilgan. Beshta guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan muassasada 14 nafar malakali pedagog xodim kichkintoylarga ta’lim-tarbiya beradi. Xonalar milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi va bolalarni kitob o‘qishga qiziqtiruvchi o‘quv-metodik jihozlar, odob-axloqqa o‘rgatuvchi o‘yinlar va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan ta’minlangan. Tarbiyalanuvchilar uchun 25 ta o‘yinchoq kompyuterlar to‘plami keltirilib, 8 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.

Namangan shahar “Sardoba” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Sheroziy ko‘chasida bo‘sh turgan binoni haqiqiy ertaklar shaharchasiga aylantirgan tadbirkor Muhsin Boymatov va quruvchi Ismatillo Yusupovdan mahalla ahli juda minnatdor.

Muassasaning o‘ziga xos jihati shundaki, bu yerda binoning tom qismida xavfsizlik choralari ko‘rilgan holda, tarbiyalanuvchilar uchun o‘yin maydonchasi va yozgi ayvonchalar tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют