» » Xitoy va KXDR tashqi ishlar vazirlari Pxenyanda muzokaralar o‘tkazdi

Xitoy va KXDR tashqi ishlar vazirlari Pxenyanda muzokaralar o‘tkazdi


Xitoy davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I 2-may kuni Pxenyanda KXDR tashqi ishlar vaziri Li Yon Xo bilan uchrashdi. Bu haqda Kyodo agentligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Uchrashuv mazmuni haqida ma’lumot berilmagan. Agentlikning ta’kidlashicha, tomonlar aprel oyi oxirida bo‘lib o‘tgan Koreya sammiti yakunlarini, shuningdek, KXDR yetakchisi Kim Chen Inning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi oldidan Koreya yarimorolidagi vaziyatni muhokama qilgan bo‘lishi mumkin.

Agentlik tomonidan qayd etilishicha, ikki kunlik tashrif davomida Van I KXDR rahbari Kim Chen In bilan ham uchrashishi mumkin. XXR tashqi ishlar vazirligi mazkur ma’lumotga izoh bermagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2018, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют