» » Sud Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan Rahmat Oqilovga nisbatan hukmni 7-may kuni e’lon qiladi

Sud Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan Rahmat Oqilovga nisbatan hukmni 7-may kuni e’lon qiladi


2017-yilning aprelida Stokgolmda terakt sodir etganlikda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilovga nisbatan hukm 7-may kuni e’lon qilinadi, deb xabar berdi Sputnik.

2017-yilning 7-aprel, juma kunida Stokgolm markazidagi yo‘lovchilar yuradigan ko‘chalarning birida yuk mashinasi odamlar ustiga qarab bostirib borgan. Oradan 500 metrdan ziyod masofa o‘tgach, u Ahlens savdo markazi binosiga borib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi turli darajadagi jarohatlarni olgan. Stokgolm hukumati ro‘y bergan voqeani terakt deb tan olgan.

Teraktni sodir etganlikda O‘zbekiston fuqarosi 40 yashar Rahmat Oqilov gumon qilinmoqda. U jinoyat sodir etilgan kunda hibsga olingan va o‘sha vaqtdan buyon qamoqda saqlanib kelinmoqda.

“Mazkur holat terakt yoki alohida sodir etilgan jinoyat sifatida baholanishidan qat’iy nazar jinoyatchi umrbod qamoq jazosiga mahkum etiladi”, — deydi ayblanuvchining advokati Yoxan Eriksson.

Advokatning aytishicha, Oqilov tergov boshida o‘z aybini tan olib jinoyat ishini ancha yengillashtirgan.

Mavzuga doir: Stokgolmda terakt uyushtirishda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Rahmat Oqilov sudda iqrorlik ko‘rsatmasini berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2018, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют