» » “O‘zbekcharmpoyabzali” “O‘zcharmsanoat” uyushmasi sifatida qayta tashkil etildi

“O‘zbekcharmpoyabzali” “O‘zcharmsanoat” uyushmasi sifatida qayta tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Hujjat charm-poyabzal va mo‘ynachilik sohalarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, xom ashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini diversifikatsiyalash va eksport qilinadigan tovarlarni kengaytirish asosida ularning jadal rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish, shuningdek, 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil ro‘yobga chiqarish maqsadida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi uning tarkibiga charm, mo‘yna xom ashyosi va jun tayyorlash, saqlash va qayta ishlash, chorva mollarini avtomatlashtirilgan holda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, shuningdek, boshqa tashkilotlar ixtiyoriy ravishda kirgan holda “O‘zcharmsanoat” uyushmasi etib qayta tashkil etiladi.

Uyushma “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasining huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi;

Quyidagilar Uyushma faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

Uyushma a’zolari – tashkilotlarning xo‘jalik faoliyatiga chorva mollarini so‘yish va teri tayyorlashdan xom ashyoni chuqur qayta ishlash hamda charm-poyabzal, charm-attorlik, mo‘yna, qorako‘l va jundan ishlangan tayyor mahsulot va buyumlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonning barcha bosqichlarida ko‘maklashish;

korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni, xalqaro standartlar talablariga muvofiq sifat menejmenti tizimini tatbiq etishni rag‘batlantirish, Uyushma a’zolari – tashkilotlarni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashga har tomonlama ko‘maklashish;

talabi yuqori bo‘lgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import o‘rnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan to‘ldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;

ichki va tarmoqlararo kooperatsiyani, jumladan, charm, mo‘yna xom ashyosi va junni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar, shuningdek, chorvachilik xo‘jaliklari, furnitura va butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiyani rivojlantirish;

charm-poyabzal, mo‘yna, qorako‘l mahsulotlari hamda jundan ishlangan buyumlar segmentlarida ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash bo‘yicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek, ilg‘or axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;

malakali kadrlar tayyorlash va tarmoqning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarishni xom ashyo va materiallarning ekologik toza turlaridan foydalangan holda tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish, ta’lim va fanning o‘zaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

Uyushma a’zolari – tashkilotlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar o‘tkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni ko‘rishda himoya qilish.

Shuningdek, “O‘zcharmsanoat” uyushmasining charm-poyabzal sohasini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi va quyidagilar uning asosiy manbalari etib belgilandi:

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni (TIF TN bo‘yicha 4104, 4105, 41062 kodlari) olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun undiriladigan yig‘imdan tushadigan barcha mablag‘lar;

Uyushma a’zolari – tashkilotlarning, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy ajratmalari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari va kreditlari;

Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan daromadlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют