» » Rossiya yana O‘zbekistonga neft yetkazib berishni to‘xtatdi

Rossiya yana O‘zbekistonga neft yetkazib berishni to‘xtatdi


2018-yilning yanvar-martida Rossiyadan O‘zbekistonga 36 ming tonna neft eksport qilindi, deb yozadi Spot Yoqilg‘i-energetika majmuasi markaziy dispetcherlik boshqarmasiga tayanib. Ammo aprelda neft yetkazib berilmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi chorak uchun eksport grafigi hozircha O‘zbekistonga neft yetkazib berishni ko‘zda tutmaydi.

2018-yilning yanvarida Rossiya O‘zbekistonga 24,9 ming tonna neft yetkazib berdi, fevralda eksport amalga oshirilmadi. Martda yetkazib berish qayta tiklandi va eksport hajmi 11,1 ming tonnani tashkil qildi.

Avvalroq Rossiya va O‘zbekiston neft yetkazib berish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv muhokamasini yakunlayotgani, bu haqda Qandim gazni qayta ishlash majmuasining ochilish marosimida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak ma’lum qilgani xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют