» » Singapurning Xin Zhong Yuan Ceramics Co.Ltd. kompaniyasi “Angren” MIZ ishtirokchisiga aylandi

Singapurning Xin Zhong Yuan Ceramics Co.Ltd. kompaniyasi “Angren” MIZ ishtirokchisiga aylandi


2018-yilning 2-mayida “Angren” MIZ direksiyasi tomonidan Singapurning Xin Zhong Yuan Ceramics Co.Ltd. kompaniyasiga sirlangan sopol plitkalarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun “Angren” MIZ ishtirokchisi guvohnomasi topshirildi. Bu haqda “Angren” MIZ matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Loyiha investori Singapurning Guangdong Qiaozi Building Materials Investment Holding PTE Ltd. kompaniyasi bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 70,0 million AQSh dollarini tashkil etadi. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 36,0 million kvadrat metrdir.

Loyiha amalga oshirilishi natijasida Ohangaron shahri va tumani aholisi uchun 1 100 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxonani 2019-yilning uchinchi choragida ishga tushirish rejalashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют