» » Tramp Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy xizmatchilari sonini kamaytiradi

Tramp Janubiy Koreyadagi AQSh harbiy xizmatchilari sonini kamaytiradi


AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga Janubiy Koreyadagi harbiy xizmatchilar sonini qisqartirish bo‘yicha taklif berishni buyurdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Qayd etilishicha, harbiy xizmatchilar sonini qisqartirish masalasi kutilayotgan Tramp va KXDR rahbari Kim Chen In uchrashuvida muhokama qilinmaydi.

Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasida tinchlik sulhi imzolanishi yarim orolda 23,5 ming nafar askar saqlashga ehtiyoj qoldirmaydi.

Tramp avval ham Janubiy Koreyadagi harbiy xizmatchilar sonini qisqartirishni xohlagan edi. Xususan, u harbiylarini joylashtirgani uchun munosib mablag‘ olmayotganini ma’lum qilgan.

2018-yilning so‘ngida yakunlanadigan kelishuvga ko‘ra, Janubiy Koreya AQShga harbiy qism xarajatlarining yarmini ya’ni yiliga 800 million dollar to‘laydi. Tramp ma’muriyati esa Janubiy Koreyadan harbiy qism xarajatlarini to‘liq to‘lashni talab qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют