» » Yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Brend – 2017 mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Brend – 2017 mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashida Brend – 2017 mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zA.

Mazkur mukofot ichki bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan korxonalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, marketing va reklama xizmatlari bozori infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bugungi kunda “Milliy marketing markazi” korxonalar uyushmasi mamlakat marketing industriyasini rivojlantirishga qiziqish bildirgan 63 kompaniyani birlashtiradi. Uyushma tomonidan amaliy tajribaga ega 41 nafar mutaxassisdan iborat ekspertlar kengashi tashkil etilgan.

2018-yilning mart oyida De Facto marketing agentligi bilan hamkorlikda “Milliy marketing markazi” korxonalar uyushmasi a’zolari va mutaxassislar onlayn ovoz berishdi. Ovoz berish jarayonida jami 104 nafar respondent ishtirok etdi. O‘tgan yilning eng yaxshi brendi va eng yaxshi marketing reklamasini aniqlash uchun ovoz berish 17 yo‘nalishda o‘tkazildi va 34 nafar g‘olib aniqlandi.

Tadbirda jamoatchilik ovozi natijalari asosida eng yaxshi loyihalar va kompaniyalarni aniqlash bo‘yicha jahon amaliyoti haqida gapirildi.

Marosimda Adweek marketing va reklama haftaligida yoshlarni innovatsion va ijodiy qo‘llab-quvvatlagan eng yaxshi oliy ta’lim muassasasi sifatida Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti taqdirlandi. Marketing sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan O‘zbekiston bozoridagi eng faol kompaniyalarga mukofotlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют