» » Bosh prokuraturada o‘tkazilgan seminarda majburiy mehnatning oldini olish choralari muhokama etildi

Bosh prokuraturada o‘tkazilgan seminarda majburiy mehnatning oldini olish choralari muhokama etildi


O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslarida Xalqaro mehnat tashkiloti hamda O‘zbekiston Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi bilan hamkorlikda “Xalqaro va milliy mehnat standartlari” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tadbirda Oliy o‘quv kurslari tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar, Bosh prokuratura xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Seminar doirasida O‘zbekistonda mehnat munosabatlarini tartibga solishning huquqiy asoslari hamda mazkur sohadagi halqaro va milliy mehnat standartlari, shuningdek, bolalar va majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirishga doir masalalar muhokama etilgan.

“Tadbir davomida mehnat munosabatlarini tartibga solish va mehnat qonunchiligi buzilishlarini oldini olish dolzarbligi hamda mazkur yo‘nalishda tegishli vazirlik, idoralar, davlat boshqaruvi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish zaruriyati alohida qayd etildi”, — deyiladi idora axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют