» » Farg‘onada nikohsiz tug‘ilgan chaqaloqni 10 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga tushdi (video)

Farg‘onada nikohsiz tug‘ilgan chaqaloqni 10 ming dollarga sotishga uringan shaxslar qo‘lga tushdi (video)


Farg‘ona viloyatida yangi tug‘ilgan chaqaloqni 10 ming dollarga sotish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Qonun nomi bilan” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Xabar berishlaricha, qo‘qonlik Ozoda Xolmirzayeva tanishi Mahfuza G‘ulomova bilan oldindan til biriktirib, Mahfuzaning jiyani — Nargiza Inomjonovaning nikohsiz tug‘ilgan o‘g‘il farzandini Nazirovaga 10 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 50 AQSh dollarini olgan.

“Tug‘uruqxonadan chaqaloqni olib chiqish kuni esa qolgan 9950 AQSh dollari evaziga go‘dakni sotayotgan vaqtida departamentning Qo‘qon shahar va Quva tumani bo‘limlari hamda huquq-tartibot idoralari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, — deyiladi ko‘rsatuvda.

Ushbu jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют