» » Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekistondan ilk yo‘llanmani Server Ibragimov qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekistondan ilk yo‘llanmani Server Ibragimov qo‘lga kiritdi


Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekistondan ilk yo‘llanmani Server Ibragimov qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ axborot xizmati ma’lum qildi.

Joriy yilning 3—12-may kunlari Janubiy Koreyaning Chxondju shaxrida paralimpiyaning o‘q otish sport turi bo‘yicha Chxondju-2018 Jahon Chempionati bo‘lib o‘tmoqda.

Shu kunga qadar o‘zbekistonlik Server Ibragimov o‘z ishtirokini yakunlab, 10 metrga pistoletdan otish bo‘yicha final bosqichida 236.8 natijasi bilan faxrli 2-o‘rinni egalladi va kumush medali sohibiga aylandi. 1 va 3-o‘rinlar esa xitoylik sportchilar — Yang Chao (237.2) xamda Xuan Xing (215.0)larga nasib etdi. Mazkur musobaqada 25 ta mamlakatdan 50 dan ortiq sportchilar kuch sinashmoqda.

Ushbu natijasi bilan Server Ibragimov Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sportchi 11-may kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da Seul—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют