» » Xorijdan jo‘natmalar olish tartibi soddalashtiriladi

Xorijdan jo‘natmalar olish tartibi soddalashtiriladi


Hukumat portalida “O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarida keladigan tovarlarni ro‘yxatga olish va nazorat qilish me’yorlarini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmonining loyihasi taqdim qilindi.

Hujjatga asosan, bir chorakda jismoniy shaxslar nomiga xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalari orqali keladigan, umumiy ekvivalent qiymati 1000 AQSh dollaridan, og‘irligi 30 kilogrammdan ko‘p bo‘lmagan tovarlar bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. Shaxsiy iste’mol uchun mo‘ljallanmagan tovarlarga cheklovlar joriy qilinmaydi va bojxona to‘lovi belgilangan tartibda olinadi.

Bojxona to‘lovining yagona stavkasi quyidagicha belgilanadi:

a) tovar qiymatining belgilangan me’yordan oshgan qismining 30 foizi miqdorida;

b) tovar og’irligining belgilangan me’yordan oshgan har bir kilogrammi uchun 5 AQSh dollari miqdorida.

Hujjat muhokamasi 20-may, yakshanba kunga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют