» » Amerikalik bola ota-onasi uning organlarini berib yuborishga rozilik berganidan keyin hushiga keldi

Amerikalik bola ota-onasi uning organlarini berib yuborishga rozilik berganidan keyin hushiga keldi


AQShda 13 yoshli bolaning ota-onasi uning organlarini donor sifatida berib yuborishga rozilik berganidan keyin, bola komadan chiqdi, deb yozadi Fox News.

Alabama shtatida yashovchi bola ikki oycha avval treyler tirkamasida o‘tirganida, u ag‘darilib ketib, bolaning boshiga zarb bilan tekkan. Natijada u og‘ir bosh suyak-miya travmasini olgan. Shifokorlar u hech qachon yana normal holatga qaytmasligini aytgan.

Kislorod yetishmovchiligi natijasida bolaning miyasiga zarar yetgani, shu sababli u tirik qolgan taqdirida ham, hayotni ta’minlash qurilmasiga bog‘lanib qolishi ma’lum bo‘lgach, ota-onasi ehtiyojmand bolalarga uning organlarini berish uchun ruxsatnomani imzolashga qaror qilgan.

Ammo bolani sun’iy qon aylantirish qurilmasidan uzishdan bir kun avval u kutilmaganda nafas ola boshlagan, karavotdan turgan va murakkab gaplardan foydalanib muloqot qila olgan. Hozir bola har kuni talvasaga tushadi, bosh og‘rig‘idan azob chekadi. Ammo bola to‘liq tuzalib ketishiga umid qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют