» » AQShlik o‘quvchi qiz 113 ta OTMga qabul qilindi

AQShlik o‘quvchi qiz 113 ta OTMga qabul qilindi


AQShda 17 yoshli o‘quvchi qiz Jasmin Xarrison 113 ta universitetga qabul qilindi, deb yozadi Tengrinews. Bugungi kunda qizning barcha stipendiyalari miqdori 4,5 million dollarni tashkil etishi kerak.

Abituriyent Shimoliy Karolinadagi maktabni eng yuqori ball bilan tugatmoqda. U barcha oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur bo‘lgan qog‘ozlarni onasi bilan birgalikda kechalari bilan to‘ldirib chiqqan.

Keyinroq qiz OTMlardan javob xatlarini olishni boshlagan. 113 ta universitet uni qabul qilishga tayyor edi. Barcha stipendiyalarning umumiy hajmi 4,5 million dollarga teng bo‘ldi.

O‘quvchi qiz murakkab tanlovni amalga oshirdi: u Bennet kollejida chaqaloqlar uchun intensiv davolash bo‘limi hamshirasi yo‘nalishida o‘qishga qaror qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют