» » Dubayda Ramazon oyi vaqtida chilim chekish taqiqlanadi

Dubayda Ramazon oyi vaqtida chilim chekish taqiqlanadi


Dubay munitsipaliteti Ramazon oyi vaqtida saharlikdan to kechki “og‘iz ochish” vaqtiga qadar chilim chekishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda haqda UAE Inside xabar beradi.

“Chilimdan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaror o‘tgan yili ham joriy etilgan va bu yil ham ushbu taqiqni davom ettiramiz”, — deydi Dubay shahar hokimiyatining Jamoat salomatligi va xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Nassim Rafi.

“Iftorlik chodirlari odatda oilalar, ya’ni ko‘plab keksalar hamda bolalar bilan to‘la bo‘ladi. Dubay munitsipaliteti barchaning sog‘-salomatligini ta’minlovchi qarorni amalga oshirmoqda”, — deydi  Nasim Rafi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют