» » Xitoyda ShHTga a’zo davlatlarning milliy turistik ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Xitoyda ShHTga a’zo davlatlarning milliy turistik ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi


Xitoyning Uxan shaharida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning milliy turistik ma’muriyati rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekturizm” axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda Hindiston Davlat turizmi vaziri, Elektronika va axborot texnologiyalari vaziri K.J.Alfons, Qozog‘iston Sport va madaniyat vaziri o‘rinbosari Y.T.Kojagapanov, Xitoy Turizm va madaniyat vaziri o‘rinbosari Li Szinszao, Qirg‘iziston Turizm va madaniyat vazirligi qoshidagi departament direktori A.K.Jamanqulov, Pokistonning Xitoydagi elchi maslahatchisi Balox Mumtoz, Rossiya federat turizm agentligi rahbari o‘rinbosari N.V.Korolyov, Tojikiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi N.A.Abdug‘afforzoda, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, shuningdek, Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari A.Nosirov ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari ShHD doirasida turizm sohasi bo‘yicha hamkorlik natijasida erishilgan muvaffaqiyatlarni yuqori baholadi, bundan tashqari milliy turizmni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro ma’lumot va taklif almashishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют