» » Xitoy siyosiy byurosining eng yosh a’zosi korrupsiya uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

Xitoy siyosiy byurosining eng yosh a’zosi korrupsiya uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi


Xitoy kompartiyasi siyosiy byurosining sobiq a’zosi Sun Chjentsay korrupsiya ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “Meduza” sayti xabar berdi.

Sun Chjentsay 26 million AQSh dollari miqdorida pora olganlikda aybdor deb topilgan. Shuningdek, Sun Chjentsay barcha siyosiy huquqlardan mahrum etildi, uning mol-mulki esa musodara qilinadi.

Sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan va hukm bo‘yicha arz qilmasligini ma’lum qilgan.

Sun Chjentsay 2012-yili Xitoy kompartiyasi siyosiy byurosining eng yosh a’zosi bo‘lgan, o‘sha vaqtda u 49 yoshda edi.  Turli yillarda Szilin va Chunsin provinsiyalari partiya boshqarmalarida yuqori lavozimlarni egallagan, qishloq xo‘jaligi vaziri bo‘lgan,

2015-yili Sun Chjentsay Xitoy kompartiyasi bosh kotibi va hukumat kengashi rais o‘rinbosari lazovimlariga asosiy nomzod bo‘lgan.

2017-yil iyulida Sun Chjentsay lavozimidan ozod etilgan, unga nisbatan tergov ishi ochilib, oktabr oyida partiya safidan chetlashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют