» » “Qo‘qon-1912” “Neftchi” bilan durang o‘ynadi, AGMK esa safarda “Metallurg”ni mag‘lub etdi (video)

“Qo‘qon-1912” “Neftchi” bilan durang o‘ynadi, AGMK esa safarda “Metallurg”ni mag‘lub etdi (video)


Bugun, 10-may sanasida O‘zbekiston Pepsi Superligasining 11-tur bahslariga start berildi. Kun taqvimidan ikki o‘yin o‘rin olgandi.

Ularda biri Qo‘qonda bo‘lib o‘tdi. Unda “Qo‘qon-1912” Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi kurash olib bordi. O‘yinning birinchi bo‘limi 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida G‘iyos Komilov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib “Neftchi” a’zosi Doston Tursunov hisobni tenglashtirdi. Shu hisob o‘yin so‘ngiga qadar o‘zgarmay qoldi.

Ikkinchi uchrashuv esa Bekobodda “Metallurg” hamda Olmaliqning AGMK jamoalari o‘rtasida kechdi. O‘yin taqdiri ikkinchi bo‘limda hal etildi. 85-daqiqada AGMK a’zosi Vladimir Bubanya gol kiritib, jamoasining safarda 3 ochkoga ega chiqishini ta’minladi.

Pepsi Superliga

11-tur bellashuvlari

10-may, payshanba

Gollar: 1:0 — 53 G‘iyos Komilov. 1:1 — 55 Doston Tursunov.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov (15. Oybek Rustamov, 74), 9. Nosirbek Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov, 17. Quvondiq Ro‘ziyev (18. Bahodir Pardayev, 46), 19. Suhrob Berdiyev, 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo (96. Muhammadanas Hasanov, 56).

“Neftchi”: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Iskandar Shoyqulov, 3. Shukur Po‘latov, 14. Abror Ismoilov, 19. Avaz O‘lmasaliyev, 20. Husniddin G‘ofurov, 22. Abdujamol Isroilov (27. Davron Mamatov, 90+4), 23. Abdurahmon Abdulhaqov (8. Abbos Maxstaliyev, 65), 25. Alisher Samatov, 71. Xurshid Asqaraliyev (9. Abdul Aziz Yusupov, 85), 95. Doston Tursunov.

Ogohlantirishlar: Iskandar Shoyqulov 18, Xurshid Asqaraliyev 38, O‘tkir Yusupov 42, Abror Ismoilov 49,

Chetlatish: Abrorbek Ismoilov 62.

Gol: 0:1 — 85 Vladimir Bubanya.

“Metallurg”: 35. Javohir Ilyosov, 5. Abbosjon Otaxonov, 8. Shahzod Shaymanov, 9. Zabixillo O‘rinboyev, 10. Islombek Isoqjonov, 15. Zohid Abdullayev, 37. Sherzod Fayziyev, 55. Akbarjon Ismatullayev, 77. Muhammad Isayev (7. Suxrob Nurulloyev, 70), 88. Abror Xusinov (20. Dilyorbek Irmatov, 36), 91. Pavel Smolyachenko.

AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Xurshidbek Muxtorov (18. Qahramon Bahodirov, 50) (7. Sanjar Rixsiboyev, 75), 5. Dilshod Jo‘rayev, 10. Shohnazar Norbekov (9. Zafar Polvonov, 87), 13. Lutfillo To‘rayev, 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kosminin, 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 87. Vadim Chemirtan.

Ogohlantirishlar: Xurshidbek Muxtorov 6, Shahzod Shaymanov 23, Akbar Ismatullayev 54, Yovan Jokich 54, Suhrob Nurulloyev 72, Abbos Otaxonov 76, Pavel Smolyachenko 90+3.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют