» » Farg‘onada nabira xonadonda qulflanib qolgan bobosidan xavotirlanib, qutqaruvchilarni chaqirdi

Farg‘onada nabira xonadonda qulflanib qolgan bobosidan xavotirlanib, qutqaruvchilarni chaqirdi


Farg‘ona viloyatida xonadonda bir o‘zi qulflanib qolgan qariyaga yordam ko‘rsatildi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Joriy yilning 9-may kuni soat 8:35 larda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Xamidulin.A., qo‘ng‘iroq qilib, uy eshigi yopilib, uyiga kira olmayotganligi hamda ichkarida qolgan bobosi sog‘lig‘idan xavotir olayotganligini bildirib yordam so‘ragan.

Olingan xabar asosida qutqaruv otryadi ko‘rsatilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida xonadon ichkarisiga kirib, fuqaro F. Islomovni polda yiqilib yotgan holda topdi. Qutqaruvchilar nabiraning bejiz xavotir olmaganligiga guvoh bo‘ldi, jabrlanuvchi F. Islomovga qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi va keyinchalik davolanish uchun tuman tibbiy yordam markaziga yuborildi, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 128) ( 0) ( 126) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют