» » Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi


Bugun, 11-may Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Osama Ahmad Abdulla al-Shafar O‘zbekistonga keldi. Bu haqda MOQ axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida konfederatsiya prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar 2019-yilda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.

O‘z navbatida al-Shafar Osiyo velosport konfederatsiyasi 2019-yilgi musobaqani tashkil etishda O‘zbekistonga yordam berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, tomonlar o‘zbek velosportida yangi innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, jumladan fotofinishlarni joriy etishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

MOQ rahbari Umid Ahmadjonovning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning o‘zida O‘zbekistonda velosport bo‘yicha 300 ta musobaqa o‘tkaziladi.

Uchrashuv yakunida Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonlarga esdalik sovg‘alarini taqdim etildi.

Bugunning o‘zida Toshkentdagi International hotel mehmonxonasida Osiyo velosport konfederatsiyasining ijroqo‘m yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Osama Ahmad Abdulla al-Shafarning tashrifi davomida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-05-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют