» » Turkiyada avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus ishtirokidagi YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi


Turkiya shimoli-sharqidagi Ardaxan viloyatida avtobus ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 22 kishi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, avariya 12-may, shanba kuni erta tongda Childir va Aktash shaharlari oralig‘idagi yo‘lda yuz bergan.

Hordiq chiqarish uchun yo‘l olgan o‘qituvchilar va ularning oila a’zolarini olib ketayotgan avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan, oqibatda avtobus ag‘darilib ketgan.

Halok bo‘lgan to‘rt kishidan biri haydovchining o‘zi ekani aytilmoqda. Shifoxonaga yotqizilgan 22 kishidan besh nafarining ahvoli esa og‘ir.

Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют