» » Bosh prokuror Otabek Murodov AQSh elchisi bilan O‘zbekistonda vijdon va so‘z erkinligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi

Bosh prokuror Otabek Murodov AQSh elchisi bilan O‘zbekistonda vijdon va so‘z erkinligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi


O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov 10-may kuni AQSh elchisi Pamela Spratlen bilan uchrashdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etish joiz, ushbu uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15—17-may kunlariga rejalashtirilayotgan AQShga rasmiy tashrifi arafasida tashkillashtirildi.

Elchi Pamela Spratlenga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma’lumot berilgan.

“Uchrashuv davomida taraflar ikki tomonlama hamkorlik, tajriba almashinuvi, vijdon va so‘z erkinligini ta’minlash hamda olib borilayotgan islohotlarda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rnini mustahkamlash masalalarini muhokama qildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2018, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют