» » Sobiq “Algoritm” zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantirilishi mumkin

Sobiq “Algoritm” zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantirilishi mumkin


Toshkentdagi sobiq “Algoritm” zavodi Germaniya sanoat zonasiga aylantirilishi mumkin. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

14–16-may kunlari O‘zbekistonga tarixdagi eng yirik Germaniya delegatsiyasi tashrif buyuradi. U asosan Germaniya ishbilarmon davralari namoyandalaridan iborat bo‘ladi.

Delegatsiya tarkibida 70 dan ortiq bank, avtomobilsoz, kimyo, elektrotexnika sanoati, turizm, qurilish industriyasi, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, xizmat ko‘rsatish va boshqa sohalarga ixtisoslashgan kompaniyalar vakillari bor. Ular orasidan, jumladan, Siemens, MAN, BASF, TUI Group, SAP, Deutsche Bank va Commerzbank va boshqalarni aytib o‘tish mumkin.

Delegatsiyasida namoyandalari ishtirok etayotgan ko‘pgina yirik korxonalar O‘zbekistonda sheriklarga ega bo‘lsa, zrta va kichik firmalar mahalliy hamkasblari bilan hamkorlikni endi o‘rnatishni rejalashtirmoqda.

Delegatsiya tashrifi doirasida 15-may kuni International mehmonxonasida B2B formatida biznes-forum va kooperatsion birja o‘tkaziladi.

O‘sha kuni poytaxtda Germaniya – O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining IV yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, ertasiga esa delegatsiya vakillari Buxoro viloyatida Knauf Gips zavodi ishlab chiqarish liniyasining ishga tushirilish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida, shuningdek, delegatsiya tomonidan “Algoritm” zavodi hududiga safar uyushtirilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-05-2018, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют