» » Toshkentda 11 yoshli bolakay attraksionda uchganidan so‘ng vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli bolakay attraksionda uchganidan so‘ng vafot etdi


2018-yil 12-may kuni “Anhor-Lokomativ” ko‘ngilochar bog‘idagi “Osmono‘par” attraksionida uchgan 11 yoshli bolakay hushsiz holda topilgan. Bu haqda  O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablardan birida o‘quvchi 2007-yilda tug‘ilgan yigitcha mazkur attraksionda uchayotib hushini yo‘qotgan. Noxush hodisa 12-may kuni soat 21:35 da sodir bo‘lgan. Oradan bir yarim daqiqa o‘tgach bog‘ning tibbiyot xodimi birinchi yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan. Shundan so‘ng, 11 yoshli bolakay bog‘ ma’muriyati bunosidagi tibbiyot punktiga olib borilgan. Soat 22:00 da jabrlanuvchi bog‘ning tibbiyot xodimi va yaqinlari hamrohligida 1-shahar shifoxonasiga olib borilgan. U yerda bolaning vafot etganligi qayd etilgan.

13—14-may kunlari bog‘ hududida barcha ko‘ngilochar tadbirlar bekor qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют