» » O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionati finaliga chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionati finaliga chiqdi


Avval xabar berilganidek, joriy yilning 10-may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o‘rtasida Jahon Chempionati start oldi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Chorak finalda Jamshid Asadov shogirdlari Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga yo‘l oldi. Bugun, 14-may kuni yarim final o‘yinida O‘zbekiston termasi Burundi bilan to‘qnash kelib, raqiblarini 1:0 hisobida yengib mundial finaliga yo‘l oldi. Endi o‘zbekistonliklar 16-may kuni finalda Pokiston bilan kuch sinashadi.

Terma jamoa quyidagi tarkibda musobaqada ishtirok etmoqda:

Darvozabon

Islamov Sergey

Himoyachilar

Shaplov Danil

Ochilov Jahongir

Ergashboyev Toir

Yarim himoyachi

Kotov Ruslan

Karaxanyan Ruslan

Esenbayev Aziz

Shamshilov Edgar

Hujumchi

Son Salim

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-05-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют