» » Yaypanda o‘z hovlisida 97 tup giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi

Yaypanda o‘z hovlisida 97 tup giyohvandlik vositasini yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi


O‘zbekiston tumani Yaypan shaharchasida istiqomat qiluvchi fuqaro G‘oziyev yashash xonadonidagi ekin maydoniga 97 tup ko‘knori giyohvandlik moddasini ekib yetishtirayotgani aniqlandi va daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘tkazilayotgan “Qoradori—2018” tekor profilaktik tadbirlari o‘z natijasini bermoqda. Navbatdagi tezkor tadbir davomida viloyat IIB transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlari fuqaro G‘oziyev katta miqdordagi giyohvandlik moddalarini o‘z uyida ochiqdan-ochiq plantatsiya shaklida yetishtirayotganini aniqladi.

Hozirda G‘oziyevga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 35) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют