» » O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqdi

O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionatida g‘olib chiqdi


Avval xabar berilganidek, joriy yilning 10-may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o‘rtasida Jahon Chempionati start olgan edi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Chorak finalda Jamshid Asadov shogirdlari Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga yo‘l oldi. 14-may, dushanba kuni yarim final o‘yinida O‘zbekiston termasi Burundi bilan to‘qnash kelib, raqiblarini 1:0 hisobida yengib mundial finaliga chiqqan edi. Finalda esa Pokiston bilan to‘qnash kelishdi.

Hozirgina yakuniga yetgan final bahsida o‘zbekistonliklar Pokistonni penaltilar seriyasida 6:5 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Terma jamoa quyidagi tarkib bilan mudialda ishtirok etdi:

Darvozabon:

Islamov Sergey

Himoyachilar

Shaplov Danil

Ochilov Jahongir

Ergashboyev Toir

Yarim himoyachi

Kotov Ruslan

Karaxanyan Ruslan

Esenbayev Aziz

Shamshilov Edgar

Hujumchi

Son Salim

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 15:21)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют