» » Toshkentda 12 yoshli qizning vafotiga ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda

Toshkentda 12 yoshli qizning vafotiga ovqatdan zaharlanish sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda


Toshkentda 14-may kuni erta tongda 2006-yilda tug‘ilgan qiz, dastlabki taxminlarga ko‘ra, ovqatdan zaharlanish natijasida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qiz ukasi (2009-yilda tug‘ilgan) bilan birgalikda ovqatdan zaharlanish gumoni ostida 1-soni shahar bolalar klinik shifoxonasiga olib kelingan, biroq qizning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmadi.

Shifoxonadan ma’lum qilinishicha, bolaning holati me’yorida. Tekshiruvdan so‘ng u virusologiya bo‘limiga joylashtirilgan.

Bola va uning buvisining so‘zlariga ko‘ra, yakshanba kuni u hot-dog, opasi esa banan yeb, sharbat saqlovchi ichimlik ichgan.

“Hozirda sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilmoqda, tekshiruvlar yakunlari bo‘yicha qizning o‘limiga nima sabab bo‘lgani aniqlanadi”, — deya xabar qilgan tibbiyot muassasasi vakili.

Prokuratura tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют