» » O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTning birinchi ayollar forumida ishtirok etdi

O‘zbekiston delegatsiyasi ShHTning birinchi ayollar forumida ishtirok etdi


16-may kuni Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pekinda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining birinchi ayollar forumida ishtirok etdi. Bu haqda, Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar qildi.

“Ayollar huquqini birlashtirish, umumiy taraqqiyotga ko‘maklashish” mavzusida o‘tkazilgan forum ochilishida O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva chiqish qildi. Forum qatnashchilari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, gender, ijtimoiy va oilaviy siyosat sohasidagi yutuqlarni amalga oshirishga qaratilgan yirik siyosiy dasturning asosiy qoidalari bilan tanishtirildi.

Forumda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Armaniston, Belarus, Mo‘g‘uliston va Nepal delegatsiyalari ikki tomonlama va mintaqalararo darajada turli sohalardagi ayollar tashkilotlarining holati va hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Delegatsiyalar SHHT doirasida mintaqalararo hamkorlikning yangi formatini qo‘llab-quvvatladi.

Tashrif dasturiga Butunxitoy Xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Butunxitoy xotin-qizlar federatsiyasi raisi Shen Yueyue, Ilmiy-tadqiqot markazlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari bilan uchrashuvlar va muzokaralar, shuningdek, turli sohalarda ayollarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qator loyihalar bilan tanishish ham kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-05-2018, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют