» » Imom G‘azzoliy: “Ro‘za tutish jon uchun zakot”

Imom G‘azzoliy: “Ro‘za tutish jon uchun zakot”


“Muslim.uz” ro‘zador alohida e‘tibor berishi kerak bo‘lgan amallarni keltirib o‘tdi.

Ramazon poklanish oyi. Ya’ni, ro‘zadorda ruhiy axloqiy tozalanish bo‘ladi. Sahardan shomgacha yeb-ichishdan tiyila olgan odamda sabr­-qanoat tuyg‘usi ortadi. Irodasi mustahkamlanadi. Irodali, sabrli insonlar xotirjam bo‘lishadi. Xotirjam kishilar tillarini g‘iybatdan, behuda gap-so‘zlardan tiyadi. Ko‘ngillaridan hasad-u g‘arazni, gina-kuduratni haydaydi. Odamlarga e’tiborli, rahm-shafqatli bo‘lishga intiladi. Shu sababdan ham Ramazon oyi nomiga ma’rifat, mag‘firat, tinchlik, xotirjamlik, sabr oyi kabi sifatlar qo‘shib aytiladi.

Hujjatul Islom Imom G‘azzoliy ta’rificha: “Ro‘za tutish jon uchun zakot, badan uchun riyozat, yaxshilik uchun da’vat, gunohlardan saqlanish”, demakdir. Islomning besh ustunidan biri bo‘lmish ro‘za tufayli o‘zaro ahillik, totuvlik, bag‘rikeng­lik tuyg‘ulari kuchlanadi. Hamjihatlik va hamkorlikka intilish ortadi. Ro‘zador ushbu amallarga alohida e’tibor berishi kerak:

— biror kishi uni haqoratlasa yo urishsa, “Men ro‘zadorman”, deyish;

— quyosh botishi bilan tezda, shom namozini o‘qishdan oldin biror narsa (suv, xurmo) bilan og‘izni ochish;

— og‘izni ochishda rivoyat qilingan duolar bilan duo qilish;

— ortiqcha gap, lag‘v so‘zlardan tilni tiyish;

— ro‘zani buzmaydigan, ammo huzurbaxsh, nafsni taltaytiradigan narsalarni tark etish;

— oila a’zolari va qarindoshlarga kengchilik bilan muruvvat qilish. Beva-bechora, yetimlar va kambag‘allarga xayr-ehsonni ko‘paytirish;

— Qur’on qiroati, zikr va salavotlarni ko‘paytirish.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют