» » Tayson emas, Szyu O‘zbekistonga keladi. Boks federatsiyasi Mayk Tayson borasidagi xabarlarga izoh berdi

Tayson emas, Szyu O‘zbekistonga keladi. Boks federatsiyasi Mayk Tayson borasidagi xabarlarga izoh berdi


“Olamsport” nashri Jahon boksi afsonasi Mayk Tayson Mustaqillik bayrami arafasida O‘zbekistonga kelishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Xabarga ko‘ra, Professional boks federatsiyasi amerikalik sobiq jahon chempionini O‘zbekistonga taklif qilgandi. Tayson O‘zbekistonda muxlislari bilan uchrashishi, master-klass o‘tishi va matbuot anjumanida ishtirok etishi lozim edi. “Xabar.uz”ning yozishicha, O‘zbekiston boks federatsiyasi Taysonning kelishi haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ma’lum qilgan.

“Haqiqatan ham mustaqillik bayrami arafasida katta boks kechasi tashkil qilib, unga jahon boksi afsonalarini taklif qilishni rejalashtirganmiz. Ammo Mayk Taysonning O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlar haqiqatdan uzoq. Chunki federatsiya u bilan aloqaga chiqmagan”, — degan federatsiya matbuot xizmati vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, boks kechasiga boshqa bir taniqli sportchi Konstantin Szyu kelishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют