» » Farg‘onada 50 ming dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari javobgarlikka tortildi

Farg‘onada 50 ming dollarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolari javobgarlikka tortildi


Farg‘onada Vazirlar Mahkamasining soxta hujjatlarini ko‘rsatib, fuqarolarning 50 ming dollar mablag‘ini o‘zlashtirgan jinoiy guruh a’zolariga sud hukmi o‘qildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tumani sudidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Uchko‘prik tumani, Qurbonqashqar qishlog‘ida yashovchi, 1960-yilda tug‘ilgan, muqaddam besh marta sudlangan xavfli retsidevist Yusub Qurbonov Qo‘qon shahri, Bag‘dod, Beshariq, Dang‘ara tumanlarida yashaydigan besh nafar hamtovog‘i bilan jinoiy til biriktirib, fuqarolarni aldab kelgan.

Yusub Qurbonov jinoiy sheriklari yordamida Qo‘qon davlat pedagogika institutiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining qalbaki hujjatlarini ko‘rsatib, o‘ndan ortiq fuqarodan 50 ming dollar pul olgan. Pullarni sheriklari bilan o‘zaro bo‘lishib, shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek, Yusub Qurbonov fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin yerining 15 sotixini qalbaki hujjatlar asosida fuqaro A.A.ga 11 ming dollar evaziga “rasmiylashtirib” bergan.

Bundan tashqari, Yusub Qurbonov fuqaro G.N.dan bir haftada qaytarishga va’da berib, 50 million so‘m qarz olgan. Olingan qarzning 10 million so‘mini berib, qolgan pullarni qaytarishni paysalga solib, bu fuqaroni ham aldab kelgan.

IIB xodimlari tomonidan Yusub Qurbonov hamda sheriklarining jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Ularga nisbatan sud hukmi bilan qonuniy jazo tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют