» » O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston hududiga kirgach, 3 kun ichida migratsiya xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tishi lozim

O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston hududiga kirgach, 3 kun ichida migratsiya xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tishi lozim


Turkmaniston qonunchiligiga muvofiq chet el fuqarolari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Turkmaniston hududiga kirgandan so‘ng va belgilangan manzilga yetgunlariga qadar, shuningdek, davlat hududida turar joyi o‘zgargan hollarda turar joyi bo‘yicha migratsiya xizmati organlarida mamlakatga kirgan kunini hisoblamaganda uch ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tishi lozim. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Turmaniston hududidan tranzit o‘tuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, agar ularning Turkmanistonda bo‘lish muddatlari kirgan kunini hisoblamaganda 5 kundan oshmasa, faqat migratsiya nazorati postlarida ro‘yxatdan o‘tadilar.

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi o‘zbek avtotransport vositalarining haydovchilari, agar ularning Turkmanistonda bo‘lish muddatlari 5 kundan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil etsa, faqatgina Turkmaniston davlat chegarasidagi migratsiya nazorati postlarida aholi punktlari yo‘nalishida, shuningdek, belgilangan manzillarga transport-tashish ishlarini amalga oshirishda ro‘yxatdan o‘tadilar. Agar ularnang Turkmanistonda bo‘lish muddati davlat hududiga kirish sanasidan boshlab 5 (besh) kundan ortib ketsa, u holda kirish sanasini qo‘shib hisoblaganda 15 kungacha bo‘lgan muddatga Turkmaniston migratsiya xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tadilar.

Mazkur qoidalarni buzganlik uchun fuqarolar 1330 manat (380 $) miqdorida moliyaviy jarimaga tortiladi hamda 2 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga mamlakatdan deportatsiya qilinadi.

Jamoat joylarida chekish taqiqlanadi!

Turkmanistonga nos (chaynaladigan tamaki) olib kirish taqiqlanadi (taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiradi).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют