» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyotini qabul qildi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyotini qabul qildi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining aviaparki navbatdagi yangi avlod samolyoti—Boeing-787 Dreamliner bilan to‘ldirildi, deb xabar beradi Milliy aviakompaniya matbuot xizmati.

Havo laynerini O‘zbekistonga Milliy aviakompaniya ekipaji: MAK Uchuv-uslubiy bo‘limi bosh uchuvchi-yo‘riqchisi Iosif Zak, Boeing-787 Uchuvchilar otryadi komandiri o‘rinbosari Shahzod Ikromov hamda ikkinchi uchuvchi Olimjon Uzoqov olib keldi.

Aviakompaniyaning ushbu rusumdagi uchinchi avialayneri MAK aviaparkida mavjud bo‘lgan avvalgi ikkita Boeing 787-8 Dreamliner’dan yo‘lovchi o‘rindiqlarining soni ko‘pligi va ekipaj dam olishi uchun alohida bo‘linma tashkil etilganligi bilan farqlanadi.

“Ushbu samolyotda ham aviakompaniyaning boshqa Boeing-787 Dreamliner havo kemalaridagi kabi yonilg‘i tejash samaradorligini oshirish, shovqin darajasini pasaytirish va atmosferaga CO2 ajrab chiqishini kamaytirish imkonini beruvchi GE Aviation kompaniyasining GEnx-1B dvigatellari o‘rnatilgan”, — deyiladi xabarda.

Ikki klassli komponovkada ishlangan samolyotning keng sahni 270 o‘rindiqqa (biznes klassi - 24, iqtisodiyot klassi - 246) ega. Laynerning qulay va keng o‘rindiqlar, yangicha yoritish va shovqin o‘tkazmaydigan tizimlar, pol qoplamalari hamda alohida har bir yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan individual ko‘ngilochar dasturli monitorlar bilan jihozlanganligi “O‘zbekiston havo yo‘llari” yo‘lovchilariga parvozlarini yuqori darajadagi qulaylikda, maroqli o‘tkazishlariga imkon yaratadi.

Istiqboldagi rejalarga ko‘ra, Milliy aviakompaniya parki 2020-yilga qadar ushbu rusumdagi oltita samolyotga ega bo‘ladi.

“Milliy aviakompaniya mutaxassislarining yuqori tayyorlik darajasi tufayli ekspluatatsiya jarayonida Boeing 787 Dreamliner samolyotlarini 100 foizlik ishonchliligi ta’minlandi. Bugungi kunda aviakompaniyaning uchuv va texnik tarkibi uchinchi samolyotni ishga tushirishga ham to‘liq tayyor”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют