» » Rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Leps bir nechta qovurg‘asi singan holda shifoxonaga yotqizildi

Rossiyalik qo‘shiqchi Grigoriy Leps bir nechta qovurg‘asi singan holda shifoxonaga yotqizildi


Rossiyalik taniqli qo‘shiqchi Grigoriy Leps shifoxonaga tushib qoldi. Bu haqda “Ren.TV”ga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, estrada qo‘shiqchisi yiqilib tushgan va bir nechta qovurg‘asini sindirib olgan. Noxush hodisa tafsilotlari ochiqlanmadi.

Lepsning vakili Natalya Mostakova qo‘shiqchi rostdan ham Moskvadagi shifoxonalardan biriga yotqizilganini tasdiqlagan, biroq u ham hodisa qanday yuz berganini izohlamagan.

Eslatib o‘tamiz, Grigoriy Leps joriy yilning 27-fevralida Toshkentda konsert berishi kerak edi, biroq ayrim muammolar tufayli uning tashrifi 26-martga qoldirilgandi. Keyinroq esa xonandaning Toshkentdagi konserni noma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingani haqida xabarlar tarqalgandi. Yaqinda Grigoriy Lepsning Isroilga konsert berishi uchun kirishiga ruxsat berilmagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют