» » O‘zbekistonda 1-yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 1-yanvardan plastik xaltalarni bepul tarqatish taqiqlanadi


O‘zbekistonda 1-yanvardan polimer plyonkadan tayyorlangan plastik xaltalarni bepul tarqatish taqiqlanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev maishiy chiqindilar bilan muomala tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb yozadi “Gazeta.uz” “O‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” dasturiga tayanib.

Yangilikdan maqsad tabiatning plastika bilan ifloslanish darajasini kamaytirish va aholida paketlarga nisbatan iqtisodiy munosabatni shakllantirishdan iborat.

Keyingi yildan boshlab sotuvchilarga mahsulot sotib olgan xaridorlarga bepul polietilen paketlarni taqdim etish taqiqlanadi. Bundan tashqari, sotib olinayotgan mahsulotlar narxiga paketlar qiymatini qo‘shish yoki ularni tannarxidan past narxlarda sotish ham taqiqlanadi.

Mamlakat hududida qalinligi 40 mikrondan kam bo‘lgan polimer plyonkadan paketlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Faqatgina biologik parchalanuvchi dastasiz polimer materiallardan tayyorlangan paketlar — mahsulotlarni qadoqlashning ajralmas qismi hisoblangan paketlar hamda turmushda foydalanish uchun sotiladigan o‘ramlarga ruxsat beriladi.

Qaror bilan mamlakat bo‘ylab yangi chiqindi yig‘ish punktlarini qurishga 29 milliard so‘m, ularning chiqindi konteynerlari bilan ta’minlanishiga esa 3,6 milliard so‘m ajratiladi.

2019—2021-yillarda “Toza hudud” avtoparki 590 ta chiqindi tashish mashinasi, 84 ta buldozer va 59 ta avtoyukortgich bilan to‘ldiriladi.

Atrof-muhit holati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Axborot vazirligiga 1-sentabrgacha ushbu sohadagi qoidabuzarliklar haqidagi foto va videomateriallarni joylashtirish mumkin bo‘lgan portalni ishlab chiqish topshirildi.

Davlat ekologiya qo‘mitasiga IIV bilan hamkorlikda hududlarni ifloslantirganlik uchun javobgarlikka tortish bo‘yicha amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish, shuningdek fuqarolar va mutasaddi shaxslarning chiqindilar bilan muomala sohasidagi qoidabuzarliklar uchun javobgarligini oshirishni kuchaytirish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют