» » Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lida radarlar nazorati kuchaytirildi

Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lida radarlar nazorati kuchaytirildi


M39 Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz avtomobil yo‘lida o‘rnatilgan fotoradarlarning tezlikni nazorat qilish vazifasi kuchaytirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

2018-yilning 16-fevralidan 16-mayga qadar radarlar yordamida 51 mingdan ortiq qoidabuzarlik holati aniqlangan.

Xususan, tezlikni oshirish bilan bog‘liq YTHlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (15796 ta), Toshkent (8367 ta) va Sirdaryo (2990 ta) viloyatlarida qayd etilgan. Eng kam miqdorda qoidabuzarlik esa Xorazm (607) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (433) aniqlangan.

M39 avtomobil yo‘lining Sirdaryo viloyati va Toshkent shahri oralig‘idagi viloyat qismidan o‘tgan yo‘l uzunligi 54 kilometrni tashkil etadi. Belgilangan tezlikka amal qilgan haydovchi yo‘lni o‘rtacha 38 daqiqada bosib o‘tishi mumkin. Soatiga 100 kilometr tezlik bilan yo‘lni bosib o‘tish uchun esa 33 daqiqa vaqt ketadi. Demak, qoidani buzish bor-yo‘g‘i 5 daqiqani tejab beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2018, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют