» » Polsha o‘zbekistonlik 3 ming nafar quruvchini ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi

Polsha o‘zbekistonlik 3 ming nafar quruvchini ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi


O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi Polshada mahalliy kompaniyalar rahbarlari bilan mamlakatda O‘zbekiston fuqarolarini ishga joylashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston tomoni va Polshaning 10 kompaniyasi hamkorlik haqidagi memorandumni imzoladi. Mazkur kompaniyalar qurilish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohalari ixtisoslashgan.

Shuningdek, Polsha o‘zbekistonlik 3 ming nafar quruvchini ishga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili Polshada o‘zbekistonliklarga 1200 dan ortiq ishchi vizasi berilgan. Bu mazkur mamlakatda berilgan ruxsatnomalar orasida 11-o‘rinni anglatadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют