» » Astraxanda migratsiya qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Astraxanda migratsiya qonunchiligini buzgan 30 dan ortiq o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi


Astraxan viloyati Krasnoyarsk tumanida chegara xizmati xodimlari tomonidan 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Chegara xizmati boshqarmasi matbuot xizmati mutaxassisi Irina Gafurovaning so‘zlariga ko‘ra, muhojirlar Rossiyada migratsiya qonunchiligini buzgan. Huquq tartibot organlari tomonidan ushbu muhojirlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Yaqin vaqtlarda muhojirlar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Shu yil aprel oyida O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirlari uchun patent olishni soddalashtirishdi. Endi rus tili bo‘yicha imtihon va sug‘urta to‘lovini O‘zbekiston hududida amalga oshirish mumkin. O‘zbekistonda muhojirlarga berilgan tibbiyot hujjatlarni Rossiyada tan olinishini ta’minlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют