» » O‘zbekistonda gaz quyish stansiyalarining faoliyati online rejimda nazorat qilish taklifi bildirildi

O‘zbekistonda gaz quyish stansiyalarining faoliyati online rejimda nazorat qilish taklifi bildirildi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari protalida Vazirlar Mahkamasining “Gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori muhokamaga qo‘yildi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.

Hujjat ishlab chiqaruvchisi “O‘zbekneftgaz” AJ loyihaning qabul qilinishi tabiiy gazni kompressor stansiyalariga yetkazib berish va sotish, shuningdek, tabiiy gazdan oqilona foydalanish va yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lov intizomini mustahkamlashda samarali nazorat tizimini yaratish lozimligi bilan asosladi.

Muhokama qilinayotgan hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “Neft va gaz sanoatini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida “Avtogazta’minot” unitar korxonasini mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish va “O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbekneftegaz” AJ ustav fondidagi aksiyalarini bepul yetkazib berish orqali “Avtogazta’minot” MChJda qayta tashkil etish belgilangan edi.

“Avtogazta’minot” MChJga texnik vaziyatlar tug‘ilganida, tabiiy gaz uchun to‘lovlar amalga oshirilmaganida, tabiiy gaz uchun debitorlik qarzi va maxsus investitsion ustama puli mavjud bo‘lsa, Byuro ishtirokida o‘rnatilgan tartiblarga asosan tabiiy gazni iste’molchini ogohlantirgan holda qisqartirish yoki to‘xtatib qo‘yish huquqi berilishi mumkin.

Hujjatda yozilishicha, iste’molchilarning gaz ta’minot tarmoqlariga ruxsatsiz ulanishi, tashqi tomondan gaz sarfini hisoblagichga ta’sir qilishi, ularning ish faoliyatini o‘zgartirishi, o‘rnatilgan muhrlarning yaxlitligini buzishi, muhrlarning yo‘qligi gaz tarmog‘idan uzilishga olib kelishi mumkin.

Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari faoliyatini monitoring qilish, shuningdek, siqilgan tabiiy gaz iste’moli hisobini real vaqt rejimida (on-line) nazorat qilish uchun bosqichma-bosqicha axborot tizimini joriy etish va “O‘zbekneftgaz” AJ qoshida yagona dispetcherlik markazini yaratish taklif etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют