» » Beeline-O‘zbekiston 26,9 milliard so‘mlik jarimani to‘ladi

Beeline-O‘zbekiston 26,9 milliard so‘mlik jarimani to‘ladi


Unitel kompaniyasi (Beeline Uzbekistan brendi ostida faoliyat ko‘rsatuvchi) Aloqa, axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalar sohasini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi tomonidan berilgan da’voga ko‘ra, 26,9 milliard so‘m (3,3 million dollar) jarima to‘ladi, deb xabar qiladi Sputnik.

Operatorga nisbatan sanksiyalar uyali aloqa opretori bo‘lsa-da normativ radioaloqalarni ta’minlamaganligi uchun qo‘llanilgan. Davlat inspektsiyasi operatorni “noma’lum radio uzatgichlari” sabab jazolashga qaror qildi.

Qiziq jihati Unitel pozitsiyasini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tushuntirishlar bilan rasmiy maktub yuborgan BMT qoshidagi Xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI) ham qo‘llab-quvvatladi.

Xususan, ta’kidlanishicha, “oddiy baza stansiyasi” normativ ko‘rsatilayotgan uyali aloqa xizmati sifatini aniqlash uchun ishlatilmaydi va O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan uyali aloqa xizmatlari sifati bo‘yicha XEI tavsiyalariga kiritilmagan.

“Mobil xizmatlarning sifatini aniqlash uchun ushbu mezon o‘rniga uyali aloqa tarmog‘ining qamrovi va mavjudligi, ovozli aloqa sifati, interaktivlikning yo‘qolishi kabi ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi”, — deyiladi XEIning radiokommunikatsiyalar byurosi direktori Fransua Ransining maktubida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Unitel kompaniyasi jarimani to‘lasa-da, Oliy sud yoki xalqaro arbitrajga murojaat qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Ushbu ishda Xalqaro elektoroaloqa ittifoqining pozitsiyasi uchungina emas, balki O‘zbekistonning ko‘p yillik tajribasidan kelib chiqib bizning kompaniya vijdonan va o‘z vaqtida sud qarorini bajardi. Shubhasiz, biz Beeline va Ucell kabi xorijiy investorlar davlat operatorlari bu kabi holatda tortiladigan jarimadan 40 barobar ko‘proq miqdordagi sanksiyaga uchraganimizdan hafsalamiz pir bo‘ldi”, — deydi Unitel bosh direktori Dmitriy Shukov.

Uning fikriga ko‘ra, uyali aloqa kompaniyalarining umumiy qabul qilingan normativlardan mutlaqo boshqa turlarga — radioaloqa, televideniye va radioeshittirishlarda qo‘llanilishi umumun shod etmaydi.

Unitel kompaniyasiga 1996-yilda asos solingan. 2006-yilning 12-sentabridan buyon Unitel kompaniyasi Beeline savdo markasi ostida o‘z xizmatlarini taqdim etib keladi. Ayni vaqtda Beeline O‘zbekistondagi eng yirik aloqa operatori hisoblanadi. 2017-yil hisob-kitoblariga ko‘ra, kompaniya abonent bazasi 10 millionga yaqinlashib qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2018, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют