» » Farg‘onada 12 marta sudlangan 64 yoshli shaxs tanishiga og‘ir jarohat yetkazdi

Farg‘onada 12 marta sudlangan 64 yoshli shaxs tanishiga og‘ir jarohat yetkazdi


Farg‘ona viloyati Beshariq tumanilik Yo‘ldosh Mamatqulov ilgari ham bir necha bor jinoyat sodir etib, sudlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

2013-yilda Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismining “d” bandi bilan aybdor deb topilib, 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Zangiota tumani sudining 2017-yil 5 yanvar kungi ajrimi bilan Jinoyat Kodeksi 74-moddasiga asosan o‘talmay qolgan 4 yil, 7 oy va 11 kun ozodlikni mahrum qilish jazosi shu muddatga yashash joyini tark etishni butunlay taqiqlagan holda ozodlikni cheklash jazosiga almashtirilgan.

64 yoshni qoralayotgan Y. Mamatqulov bundan tegishli xulosa chiqarmadi. Xalqimizda “bukrini go‘r to‘g‘rilaydi”, degan naql bejiz aytilmagan ekan. U jazoni o‘tash tartib qoidalarini buzdi. Yashash xonadoni ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan tekshirilganda, u o‘z joyida bo‘lmagan. Ulfatlari bilan spirtli ichimlik ichib, ozodlikni cheklash bilan bog‘liq jazodan qasddan bo‘yin tovlab yurgan.

Xavfli retsidivist bo‘lgani holda 2018-yil 9-aprel kuni soat 22:00 larda o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan Xolmatjon Niyozov bilan yashash uyida uchrashib, o‘rtasidagi pul oldi-berdi masalasi yuzasidan o‘zaro og‘zaki janjallashib qolib, urishadi. Janjal davomida Y.Mamatqulov yashash uyi tokchasida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan X.Niyozovni ikki qo‘li, chap oyoq son qismlariga qasddan sanchib, unga og‘ir tan jarohati yetkazadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Beshariq tumani sudi raisi F. Sobirovning ma’lum qilishicha, mazkur jinoyat yuzasidan Y. Mamatqulovga nisbatan sud o‘z hukmini chiqardi. 12 marta sudlangan Y. Mamatqulovga 4 yil va 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 00:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют