» » Sayyid Rahmatulloh Termiziy: Halol yashash halovatdir

Sayyid Rahmatulloh Termiziy: Halol yashash halovatdir


“Islom.uz” portali Sayyid Rahmatulloh Termiziyning “Halol kasb – farovonlik omili” kitobidan bir parcha keltirib o‘tdi.

Alhamdulillah, doimo xalq orasida yuramiz, kecha-yu kunduz odamlar bilan muloqotda bo‘lamiz. Kimningdir hayot tarzidan xursand bo‘lsak, kimlarningdir dunyoqarashidan ranjiymiz.

Yoshi ulug‘larimizdan ko‘p eshitganmiz. O‘tgan asrning qirqinchi, elliginchi yillarida xalqning boshiga shunday qiyinchiliklar tushganki, eshitgan odam “Oh!” deb yuboradi. Lekin ana shunday vaqtlarda ham odamlar halol yashashgan. Umumiy, ommaviy sabr?qanoat bo‘lgan. Ocharchilik, qahatchilik, turli ofatlar tez?tez bo‘lib turgan, ochlik, kasalliklardan qancha?qancha odamlar o‘lib ketishgan, biroq yalpi talon?taroj bo‘lmagan. Nimaga? Chunki odamlarning insofi, iymoni bo‘lgan, qorni och esa-da, ko‘zi to‘q bo‘lgan.

Inson dunyoning qayerida yashamasin, baribir, nima bilandir shug‘ullanib, tirikchilik qilishi kerak. Bu hamma biladigan haqiqat. Sharoitlar sal boshqacharoq, yengil yoki og‘irroq bo‘lishi mumkin. Biroq har joyning ham o‘ziga yarasha yaxshi?yomon tomonlari bor. Mukallaf har bir musulmon halol rizq izlashga buyurilgan.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari yozadilar: “Ibodat faqat namoz-u ro‘zadan iborat emas”. Demak, bir musulmon kishi gazeta ko‘tarib, sotib yuradimi, farrosh bo‘lib ishlaydimi, mol boqadimi, biror yuqori idorada, zavodda ishlaydimi, harbiy va boshqa xizmatlar bilan mashg‘ulmi, mashinasi bilan kirakashlik qiladimi, agar niyati to‘g‘ri bo‘lsa, u ibodat qilayotgan bo‘ladi. Minglab rakaat nafl namoz o‘qigan, rosa issiq yoki o‘ta sovuq kunda nafl ro‘za tutgan kishilar qanchalik savob topsa, o‘shanchalik savob topishi ham mumkin bo‘ladi. Mo‘min banda kasb qilib charchasa, farz ibodatini ado etib, uxlab qolsa, uyqusi ham ibodat bo‘lib yozilaveradi. Chunki u ham diniy, ham dunyoviy ibodat bilan band edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют