» » Shavkat Mirziyoyev — DXX haqida: “Bular ko‘rgan tushingizni bilmasligi mumkin, lekin boshqa hamma narsani biladi”

Shavkat Mirziyoyev — DXX haqida: “Bular ko‘rgan tushingizni bilmasligi mumkin, lekin boshqa hamma narsani biladi”


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati Ulug‘nor tumanida 19-may kuni o‘tkazilgan faollar yig‘ilishida Davlat xavfsizlik xizmati haqida iliq fikrlarni bildirib o‘tdi.

Bu haqda, o‘z muxbiriga asoslanib, “Xabar.uz” portali xabar bermoqda. Ayni vaqtda, yig‘ilishda Prezident tomonidan aytilgan bu so‘zlarning audiosi Telegram’da tarqalib ketgan.

Hozirgi Davlat xavfsizlik xizmatining obro‘yini juda ko‘taraman... Bularning ichida juda katta sadoqatli odamlar bor. Hozir qo‘l qo‘ydim — bularga uy qilib beraman, oyligini ko‘paytiraman.

Bir narsani bilinglar — bular uxlaganlaringda tush ko‘rganlaringni bilmasligi mumkin, lekin boshqa hamma narsani, 100 foiz vaziyatni biladi. Shuning uchun ham boshqa davlatlar bilan kecha imzolagan shartnomalarimiz asosida shunday uskunalar olib kelyapmiz.

Boshqa ilojimiz yo‘q. Bizga xiyonatchilar kerak emas. Biz juda ko‘p azob-uqubatni boshimizdan o‘tkazgan odammiz. Andijon ikkinchi marta sinov, baloga chiday olmaydi. Odamlar norozi bo‘ladi.

Ularning ichida halol, pokiza odamlar ko‘p. Tepadagilarini xudo urgan edi. Poraxo‘r edi. Qip-qizil. Men bu gaplarni aytayapman. Negaki, mendan boshqa odam bu gaplarning tagini bilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2018, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют