» » Shavkat Mirziyoyev: Har bir viloyat o‘ziga ma’qul yo‘lni tanlashi uchun imkon yaratyapman (video)

Shavkat Mirziyoyev: Har bir viloyat o‘ziga ma’qul yo‘lni tanlashi uchun imkon yaratyapman (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi davomida 16-fevral kuni Peshku tumanida viloyat faollari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishdan lavhalar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali namoyish etildi.

Prezident yig‘ilishdagi nutqi davomida chet eldan birov kelib, O‘zbekiston uchun hech narsa qilib bermasligini, shu bois, “bir millat bo‘lib, belni mahkam bog‘lab, qattiq harakat qilish zarur”ligini ta’kidladi.

Halol mehnat qilsak, kam bo‘lmaymiz. Halol mehnat qilish uchun Vatanni sevish kerak. Yig‘ilishlarda ilgari surilayotgan rejalarni kim amalga oshiradi? Shu yerda o‘tirgan faollar, mening vakillarim.

Bir narsani bilinglar — dunyo shiddat bilan o‘zgaryapti, zamon juda tahlikali. Lekin mana shu shiddatli, tahlikali zamonda biz bir davlat, bir millat bo‘lib, o‘rnimizni o‘zimiz topmasak, ertaga uni hech kim bizga topib bermaydi. Birov chetdan kelib, O‘zbekiston uchun hech narsa qilib bermaydi.

Shunday zamonda yashayapmizki, har birimiz o‘zimiz, farzandlarimiz, ertangi kunimiz uchun belimizni mahkam bog‘lab, juda qattiq harakat qilishimiz kerak. Tomoshabin bo‘lib turishga endi o‘rin yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Ayni vaqtda, Prezident natija uchun ishlash lozimligini, xalqning umidi va ishonchini oqlash kerakligini ham uqtirdi.

Qarorlar, hujjatlar qabul qilyapmiz, shu bilan birga, men har bir viloyatning o‘ziga ma’qul bo‘lgan yo‘lni tanlashga imkon yaratyapman. Umuman, Buxoro ertaga mutlaqo boshqacha bo‘lishi kerak, natijaga ishlash kerak.

Mana, ko‘p nuroniylarning so‘zlarini eshitdik. Duoi-fotihalarning tagida katta narsa bor — rozilik. Rozilikning tagida kichik bo‘lsa ham ishonch, umid bor. Bir narsani unutmasligimiz kerak — mana shu umid, mana shu ishonchni oqlasak, natija bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют