» » Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston bo‘ylab xarob xonadonlarni ta’mirlamoqda (foto)

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston bo‘ylab xarob xonadonlarni ta’mirlamoqda (foto)


O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Obod xonadon – yurt ko‘rki” loyihasi doirasida Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanining Qorag‘uppa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Dilshod Quvonov xonadonini qayta rekonstruksiya qilib, ta’mirlamoqda, deb yozadi O‘zA.

Dastlabki hisob kitoblarga qaraganda, ushbu xonadonni ko‘rkam holga keltirish uchun 30 million so‘mdan ziyodroq mablag‘ talab etiladi. Federatsiya mablag‘lari hisobidan ta’mirlanayotgan ushbu turarjoyda ta’mirlash ishlari boshlandi. Avvalo xonadonning eshik va derazalari yangilanib, tom va pol qismi ham o‘zgartiriladi. Uyning hovli sahnida ham ba’zi qulayliklar yaratilishi mo‘ljallanmoqda.

Bundan tashqari, ushbu loyiha doirasida federatsiya mablag‘lari hisobidan to‘liq ta’mirdan chiqarilayotgan Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Markaziy qo‘rg‘on mahallasida istiqomat qiluvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj Boytursin Sayfullayev xonadonida ta’mirlash ishlari jadal suratlarda davom etmoqda.

Federatsiya ushbu xonadonni sifatli ta’mirlash, mahallaning namunali xonadonlaridan biriga aylantirish, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют