» » Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Rahimberdi domla Rahmonov Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


21-may kuni Toshkent shahridagi “Minor” jome masjidida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur diniy idora Masjidlar bo‘limi mudiri Rahimberdi domla Rahmonovni vazifasidan ajralmagan holda Toshkent shahar vakili, Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani to‘g‘risidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimovning buyrug‘ini o‘qib eshittirdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bo‘lib turganliklari sababli Ramazon oyida diniy sohada ayni ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayrli loyihalarda mas’ullik yuklatilishi munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha Ergash domla Rustamov bajarib kelayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 11:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют