» » Isroil samolyotlari G‘azo sektoridagi HAMAS harakatiga tegishli yer osti tuzilmalariga zarba berdi

Isroil samolyotlari G‘azo sektoridagi HAMAS harakatiga tegishli yer osti tuzilmalariga zarba berdi


Isroil Mudofaa armiyasining samolyotlari 23-mayga o‘tar kechasi mamlakat chegarasi buzilganligi va Isroilga qarashli harbiy post yoqib yuborilganiga javob tariqasida G‘azo sektoridagi HAMAS harakatining yer osti tuzilmasiga hamda ikkita dengiz politsiyasi nishonlariga zarba berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmatiga tayanib, “TASS” xabar qiladi.

“Biroz oldin Isroil Harbiy-havo kuchlari HAMAS’ning G‘azo sektori shimolidagi yer osti terrorchilik infratuzilmalariga, shuningdek harbiy-dengiz kuchlariga tegishli ikkita harbiy obyektiga zarba berdi. Zarbalar 22-may kuni bir necha terrorchilar Isroil hududiga o‘tgani va harbiy postni yoqib yuborganiga javob tarzida amalga oshirildi”, — deyiladi hujjatda.

G‘azo sektoridagi falastinliklar va isroilliklar o‘rtasida mart oxiridan buyon davom etib kelayotgan to‘qnashuvlar oqibatida 120 nafardan ortiq arab halok bo‘ldi, 13 mingdan ziyon kishi jarohat oldi yoki gazdan zaharlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-05-2018, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют