» » Toshkent viloyatida kollej o‘quvchisi sobiq sinfdoshini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent viloyatida kollej o‘quvchisi sobiq sinfdoshini pichoqlab o‘ldirdi


Toshkent viloyatining Bekobod shahrida kollej o‘quvchisi sobiq sinfdoshini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda viloyat prokuraturasi rasmiy sayti.

Voqea 2018-yil 23-may kuni tungi soat 02:30 larda yuz bergan. Bekobod shahar Yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi o‘zi bilan muqaddam bir sinfda o‘qigan sinfdoshi, Bekobod tumanida istiqomat qilib, Bekobod shahar Texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida tahsil olgan yigitning uyiga borib, uni haqorat qilgan.

Yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv oqibatida Yengil sanoat va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji o‘quvchisi oshxona pichog‘i bilan sobiq sinfdoshining ko‘krak qismiga besh marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda u voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan kollej o‘quvchisiga nisbatan JKning 97-moddasi (“Qasddan odam o‘ldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ushlangan.

Ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari viloyat prokurorining o‘rinbosari, Bekobod tuman va shahar sektorlari rahbarlari tomonidan shu kuni gumon qilinuvchi va jabrlanuvchi tahsil olayotgan kollejlar o‘qituvchi va o‘quvchilari o‘rtasida tanqidiy muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют